BannerMobile banner
Yangiliklar

Toyota yangi RAV4 modelini taqdim etdi

29.11.2024 / 05:22

Toyota RAV4ning narxi — $21,4 mingdan $37,5 minggacha.

Blog image

Toyota kompaniyasi Yaponiyada yangilangan RAV4 krossoverini rasman taqdim etdi.


Avtomobil old uzatmali bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi — endi barcha komplektatsiyalarda, hattoki bazaviy modelda ham to‘liq uzatma mavjud. Mashinaning narxi — $21,4 mingdan $37,5 minggacha. Bazaviy jihozlanish yaxshilandi: ko‘r maydonlarni kuzatish tizimi va avtoparkovka yordamchisi mavjud, tashqi ko‘zgular korpusida yoritish paydo bo‘ldi.


Bazaviy modeldan tashqari barcha komplektatsiyalar 10,5 dyuymli ekranli multimediasistema va yaxshilangan navigatsiya tizimi bilan jihozlangan. Shuningdek, gibrid modeli 1,5 kVt quvvatga ega elektr rozetkasi bilan jihozlangan bo‘lib, maishiy qurilmalarni quvvatlantirish imkonini beradi.


2025-yilgi Toyota RAV4 bazaviy versiyasida 2 litrli, 171 ot kuchiga ega benzinli dvigatel mavjud. Navbatdagi darajada esa 2,5 litrli dvigatel asosidagi o‘z-o‘zini zaryadlaydigan gibrid tizim bo‘lib, umumiy quvvati 218 ot kuchini tashkil etadi.


Eng yuqori to‘plamda 2,5 litrli dvigatel asosidagi, 306 ot kuchiga ega, quvvat olish imkoniyatiga ega gibrid tizim o‘rnatilgan. Toza elektr energiyasida yurish zaxirasi 95 kmni tashkil qiladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner