Bugun O‘zbekistondagi metan zapravkalar soat 16:00 gacha ishlaydi
16.03.2026 / 06:52Farg‘ona vodiysi viloyatlarida grafik hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Bugun (16 mart) O‘zbekistondagi metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida metan zapravkalarning ishlash vaqti gaz bosimidan kelib chiqib, hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda havo sovishi sababli metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgandi.







