O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyati yana cheklanadi
10.03.2026 / 06:45Ushbu chora sovuq tushishi bilan bog‘liq.

O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyati vaqtincha cheklanadi O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyati vaqtincha cheklanadi, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Respublika hududiga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab ortdi. Shu sababli magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda. Bunday sharoitda aholi xonadonlari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi," deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab O‘zbekiston hududida metan zapravkalar faoliyati vaqtincha cheklanadi.
Ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, jamoat transporti uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz va barqaror ravishda davom etadi," - deyiladi xabarda.







