BannerMobile banner
Yangiliklar

Ferrari 900 ot kuchiga ega yangi gibrid trek superkarini tayyorlamoqda

12.03.2026 / 06:14

Ferrari 296 Challenge Stradale modeli 900 ot kuchidan ortiq quvvatga ega bo‘lgan eng ekstremal gibrid yo‘l superkari bo‘lishi mumkin.

Blog image

Ferrari kompaniyasi 296 GTB superkarining yangi trek versiyasi — 296 Challenge Stradale ustida ishlamoqda. Automoto ma’lumotlariga ko‘ra, bu model V6 dvigatelli o‘rta motorli platformaning tarixidagi eng ekstremal evolyutsiya bo‘lishi mumkin. Yangi avtomobil asosan trek ishqibozlari uchun mo‘ljallangan, biroq umumiy foydalanish yo‘llarida harakatlanish huquqini ham saqlab qoladi.


Modelning asosini modernizatsiya qilingan gibrid kuch qurilmasi tashkil etadi. Unda ikki turbinali 3,0 litrli V6 dvigatel va elektromotor ishlaydi. Ferrari muhandislari ikkala tizimni ham qayta sozlab, elektromotor quvvatini oshirgan hamda ichki yonuv dvigatelining samaradorligini yaxshilagan. Natijada avtomobilning umumiy quvvati 900 ot kuchidan oshishi kutilmoqda. Bu esa standart 296 GTB modelidagi 830 ot kuchidan ancha yuqori ko‘rsatkichdir.


Shuningdek, avtomobil vaznini kamaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Konstruktsiyada keng miqyosda uglerod tolasi (karbon) qo‘llanadi, yengil g‘ildiraklar va tormoz tizimi ishlatiladi, shovqin izolyatsiyasi esa minimal darajaga tushiriladi. Shu sababli yangi versiya bazaviy modeldan sezilarli darajada yengil bo‘lishi kutilmoqda.


Aerodinamika ham jiddiy qayta ishlanadi. Avtomobil kattaroq old splitter, massiv orqa diffuzor, yirik antikrylо va kuzov ostidagi havo oqimini boshqaruvchi yangi tizim bilan jihozlanadi. Bu elementlar yuqori tezlikda maksimal barqarorlik va yo‘l bilan yaxshiroq tutashuvni ta’minlashga qaratilgan.


Shassi ham yangilanadi: osma tizimi qattiqroq sozlanadi, elektron stabilizatsiya va nazorat tizimlari qayta kalibrlanadi, uzatmalar qutisi esa tezroq ishlaydigan algoritmlar bilan jihozlanadi. Bularning barchasi gibrid platformaning trekdagi imkoniyatlarini to‘liq ochishga xizmat qiladi.


Kutilishicha, Ferrari 296 Challenge Stradale boshqa brendlarning trekka mo‘ljallangan superkarlari bilan raqobatlashadi. Shu bilan birga, model Ferrari’ning an’anaviy dizayni va zamonaviy texnologiyalarini saqlab qoladi. Yangi superkarning rasmiy taqdimoti yaqin oylarda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner