BannerMobile banner
Yangiliklar

2025-yilda avtomobilni notarius orqali rasmiylashtirish

17.03.2025 / 07:21

Jami notariusda to‘lov – 1 156 000 so‘m

Blog image

Avtomobil oldi-sotdisi, almashinuvi yoki hadya qilish shartnomasi bo‘yicha notarial to‘lovlar BHM (bazaviy hisoblash miqdori) bo‘yicha hisoblanadi.


2022-yildan boshlab notarius orqali avtomobilni rasmiylashtirish uchun yagona to‘lov miqdori – 3 BHM (avtomobil yoshi va dvigatel quvvatidan qat’iy nazar).


Notariusdagi xarajatlar:

- notarial to‘lov (3 BHM) – 1 236 000 so‘m;

- gerb yig‘imi (10% MIH) – 41 200 so‘m;

- cheklovlarni tekshirish (15% MIH) – 61 800 so‘m;

- konsultatsiya (5% MIH) – 20 600 so‘m;

- shartnoma loyihasini tayyorlash (10% MHE) – 41 200 so‘m;

- jami notariusda to‘lov – 1 400 800 so‘m.


YXXB (GAI) xarajatlar:


Haydalgan mashinani YXXB'da royxatdan o’tkazish narxi — 2 818 080 so’m;

texpasport to’lovi — 288 400 so’m;

yangi davlat raqamlari narxi — 1 442 000 so’m;

jami GAI’dagi harajatlar — 4 548 480 so’m.


Shunday qilib, 1 avgustdan boshlab mashinani ro'yxatdan o'tkazish 4 896 000 so’mga emas, 5 929 280 so’mga tushadi.


Avtomobilga ishonchnoma olish narxi:


avtomobil boshqarish yoki tasarruf etish bo‘yicha ishonchnoma berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- barcha yaqin qarindoshlarga (ota-ona, turmush o‘rtoq, farzandlar, aka-uka, opa-singil, nabiralar) – 0,5 BHM

-boshqa shaxslarga: boshqarish va tasarruf etish huquqi bilan – 3 BHM;

- faqat tasarruf etish huquqi bilan – 25% MIH yaqin qarindoshlar uchun, 50% MIH boshqa shaxslar uchun;


Ishonchnoma rasmiylashtirishda quyidagi qo‘shimcha xarajatlar mavjud:


- gerb yig‘imi – 10% MIH

- cheklovlarni tekshirish – 15% MIH

- konsultatsiya – 5% MIH

- shartnoma loyihasini tayyorlash – 10% MIH

- umumiy qo‘shimcha xarajatlar – 40% MIH

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner