BannerMobile banner
Yangiliklar

Elektromobillar endi yon tomonga harakatlana oladi

07.03.2025 / 10:11

CrabWalk rejimi GMC Sierra EV, Hummer EV va Cadillac Escalade IQ modellari uchun mo‘ljallangan

Blog image

General Motors yangi "King Crab" boshqaruv tizimini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda. Bu tizim CrabWalk funksiyasining takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, elektromobillarga yanada moslashuvchan harakatlanish imkonini beradi.


Hozirgi CrabWalk rejimi GMC Sierra EV, Hummer EV va Cadillac Escalade IQ modellari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, avtomobilning diagonal harakatlanishiga imkon yaratadi. King Crab esa bu texnologiyani yanada rivojlantirib, yuqori tezlikda yon tomonga harakatlanish va qiyin yo‘l sharoitlariga moslashishni ta’minlashi mumkin.


Yangi tizim BT1 platformasiga asoslangan elektromobillarga, jumladan GMC Hummer EV va Chevrolet Silverado EV modellari uchun qo‘llanilishi kutilmoqda. Bu GM’ning ilg‘or boshqaruv texnologiyalariga bo‘lgan e’tiborini yana bir bor tasdiqlaydi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner