Toshkent hokimiyati YTHlarning oldini olish uchun katta mablag‘ ajratadi
22.05.2025 / 07:14Haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzadi.

Toshkent shahar hokimi poytaxtda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar uchun 2 mlrd 44 mln so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Ajratilgan mablag‘lardan:
- 1 mlrd 460 mln so‘m — ko‘chalar va yo‘llar bo‘ylab piyodalar o‘rtasida YTHlarning oldini olish uchun metall panjaralar o‘rnatishga sarflanadi;
- 588 mln so‘m — bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabariq (baland) piyodalar o‘tish joylarini tashkil etishga yo‘naltiriladi.
Hujjatga ko‘ra:
- yo‘l bo‘ylarida 5 600m panjara o‘rnatiladi, shundan ming metri Olmazor tumaniga to‘g‘ri keladi;
- shahar bo‘yicha 42 ta joyda ko'tarilgan piyodalar o‘tish joylari tashkil qilinadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, poytaxt yo‘llaridagi holatdan fuqarolar nihoyatda norozi. Aholi fikriga ko‘ra:
- ko‘pchilik haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzadi va jazolanmaydi;
- ko‘plab piyodalar o‘tish joylari svetofor bilan jihozlanmagan;
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar qoida buzilishlarini qayd etuvchi kuzatuv kameralarini ko‘paytirishni talab qilmoqda.