O‘zbekistonda eng mashhur 20 ta avtomobil modellari ma’lum bo’ldi
17.04.2025 / 07:40BYD rasman sotuvda bo‘lgan oltita modeli bilan kuchli pozitsiyani egallab turibdi.

O‘zbekistondagi rasmiy avtomobil bozorini uchta asosiy ishlab chiqaruvchi bo‘lib olgan: UzAuto Motors (Chevrolet), ADM Jizzakh (Kia, Chery, Haval) va BYD Uzbekistan Factory (BYD).
Reytingga faqat rasmiy dilerlar orqali sotilgan avtomobillar kiritilgan. Tijorat avtomobillari – Damas va Labo hisobga olinmagan.
Chevrolet bozorda yetakchilikni saqlab qolmoqda – darhol 5 ta modeli TOP-20 talikka kirdi. Ulardan eng ko‘pi — Chevrolet Cobalt (29 000), Tracker (7 152) va Onix (4 055) ham yuqori o‘rinlarni egallagan. Lacetti ishlab chiqarilishi 2024-yilda to‘xtatilgan bo‘lsa-da, 2025-yil boshida so‘nggi partiyasi (227 dona) sotuvga chiqarilgan.
Kia o‘z mavqeyini mustahkamlab bormoqda. Reytingda to'rtta modeli bor: Sonet, Sportage, Sorento va K5. Jami sotuv hajmi – 4 900 dan ortiq. Sonet esa tez orada kuchli uchlikka kirib kelishi mumkin.
BYD rasman sotuvda bo‘lgan oltita modeli bilan kuchli pozitsiyani egallab turibdi. Yetakchi model — Song Plus Champion DM-i (1 438 dona).
Chery uchta modeli bilan (Tiggo 7 Pro, Tiggo 2 Pro, Arizo 6 Pro) jami - 1 600 dan ortiq dona avtomobil sotgan.
Haval ham o‘sib bormoqda — M6 va Jolion modellari umumiy hisobda - 1 181 dona sotilgan.
210 mln so‘mgacha — bu eng byudjet segmentda jami 33 485 dona avtomobil sotilgan. Ularning tarkibi:
-Chevrolet Cobalt (29 017 dona);
-Chevrolet Onix (4 055 dona);
-Chevrolet Lacetti (227 dona);
-BYD Seagull (186 dona);
210–270 mln so‘m — o‘rta byudjet segmentda umumiy 14 024 dona avtomobil sotilgan. Tarkibi:
-Chevrolet Tracker (7 152 dona);
-Kia Sonet (3 922 dona);
-BYD Chazor (927 dona);
-Haval M6 (687 dona);
-Chery Arizo 6 Pro (533 dona);
-BYD Yuan Up (403 dona);
-Chery Tiggo 2 Pro (400 dona);
270–360 mln so‘m — ushbu segmentda jami 2 026 dona avtomobil sotilgan, va eng ko‘p quyidagi modellar realizatsiya qilingan:
- BYD Song Pro DM‑i (802 dona);
- Chery Tiggo 7 Pro (730 dona);
- Haval Jolion (494 dona);
360 mln so‘mdan yuqori — premium segmentda umumiy 2 863 dona avtomobil sotilgan. Eng ommabop modellarga quyidagilar kiradi:
- BYD Song Plus DM‑i (1 438 dona);
- Kia Sportage (370 dona);
- Kia Sorento (330 dona);
- Kia K5 (311 dona);
- Chevrolet Malibu (254 dona);
- BYD Song Plus EV (160 dona).