BannerMobile banner
Yangiliklar

Huawei’ning to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamasi jonli holatda ko‘rsatildi

20.01.2026 / 07:25

Qiankun ADS tizimiga ega model Pekin avtosalonida taqdim etiladi.

Blog image

Xitoyda Dongfeng va Huawei’ning qo‘shma loyihasi bo‘lgan Yijing brendi ostidagi Huawei’ning to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamasining ilk sinov prototiplari ko‘rindi.


Avtomobilning rasmiy debyuti 2026-yil 24-aprel kuni Pekin avtosalonida bo‘lib o‘tadi. Sotuvlar esa 2026-yilning uchinchi choragida boshlanishi kutilmoqda. Model to‘liq elektr (BEV) va gibrid (EREV) versiyalarda taklif etiladi.


Yo‘ltanlama Huawei’ning eng yangi Qiankun ADS haydovchiga yordam tizimi, HarmonyOS asosidagi raqamli panel, tomda joylashgan lidar, bir nechta millimetrli radarlar va yuqori aniqlikdagi kameralar bilan jihozlanadi.


Tizim yuqori aniqlikdagi xaritalarsiz ham shahar va trassalarda harakatlanishni aniqlash, shuningdek, parkovkada yordam berish funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.


Dizayni burchakli uslubda bajarilgan: yopiq old panjara, LED yorug‘lik chizig‘i, alohida faralar, yashirin eshik tutqichlari va biroz egilgan tomga ega. Uch qatorli oynalar joylashuvi kutilmoqda. Orqa qismida esa butun kenglik bo‘ylab cho‘zilgan fonarlar bo‘lishi mumkin. Salon 2+2+2 sxemada, ya’ni olti o‘rindiqli variantda taklif etilishi ehtimol.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner