120 km/soat tezlikdagi harakat 110 km/soatdan tejamliroq bo‘lishi mumkinmi
22.04.2025 / 02:24Asosiy e’tibor – barqarorlik va texnik xizmat ko‘rsatishga qaratilishi kerak.

Ko‘pchilik haydovchilar yo‘l harakati tezligining oshishi bilan yonilg‘i sarfi ham oshadi, deb hisoblaydi. Odatda bu haqiqatga yaqin, lekin ayrim hollarda bu qoidaga istisnolar mavjud. Masalan, ayrim avtomobillar uchun 120 km/soat tezlikda harakatlanish 110 km/soatga qaraganda iqtisodiyroq bo‘lishi mumkin.
Nega bunday? Bunga bir nechta omillar ta’sir qiladi:
1. Dvigatelning ishlash rejimi
Har bir avtomobilning dvigateli va uzatmalar qutisi ma’lum tezlikda eng samarali ishlaydi. Agar 110 km/soatda dvigatel notekis ishlasa yoki kerakli uzatma almashmasa, bu yoqilg‘ining ko‘proq sarflanishiga olib keladi. Biroq 120 km/soatda dvigatel optimal aylanishlar bilan ishlashi mumkin.
2. Havo qarshiligi
Tezlik ortgan sayin havo qarshiligi keskin oshadi. Ammo bu qarshilik bilan bog‘liq yoqilg‘i sarfi har doim ham mutanosib emas. Ba’zida 110 km/soatda avtomobil kuchsiz tortadi va ko‘proq ishlaydi, lekin 120 km/soatda dvigatel barqaror holatda bo‘ladi.
3. Yol harakati sharoitlari
Tekis va ravon yo‘llarda avtomobil barqaror tezlikda harakat qilsa, bu iqtisodiylikka ijobiy ta’sir qiladi. Biroq, notekis yoki ko‘p to‘xtalishli yo‘llarda tezlikdan qat’i nazar, yoqilg‘i sarfi oshadi.
Yonilg‘i tejamkorligini nima ta’minlaydi?
- stabil haydash: doimiy va barqaror tezlikda harakat qilish – eng muhim omil;
- mashina texnik holati: eski shamlar, iflos havo filtrlari va noto‘g‘ri g‘ildirak bosimi yoqilg‘i sarfini oshiradi;
- to‘g‘ri uzatma tanlash: harakat tezligiga mos uzatmani tanlash – yoqilg‘ini tejashdagi muhim jihatlardan biri.
Tezlik – bu faqatgina raqam emas. Avtomobilning texnik xususiyatlari, yo‘l sharoitlari va dvigatelning ishlash diapazoni kabi ko‘plab omillar yoqilg‘i sarfiga ta’sir qiladi. Shuning uchun, ba’zi hollarda 120 km/soat tezlikda harakat qilish 110 km/soatdan ham iqtisodiyroq bo‘lishi mumkin. Biroq, asosiy e’tibor – barqarorlik va texnik xizmat ko‘rsatishga qaratilishi kerak.