BannerMobile banner
Maqolalar

Jaziramada avtomobil salonini qanday tezda sovitish mumkin

14.05.2025 / 07:48

Mashinani to‘g‘ri sovita olish nafaqat qulaylik, balki sog‘liq uchun ham muhim.

Blog image

Toshkentda yoz jaziramasi boshlanganida avtomobil saloniga o'tirish haqiqiy jazoga aylanadi.


Ba'zida ichkaridagi havo harorati 55–60 darajagacha yetadi. Bunday sharoitda mashinani to‘g‘ri sovita olish nafaqat qulaylik, balki sog‘liq uchun ham muhim. Quyida sizga avtomobil salonini eng tez va samarali sovitish bo‘yicha tajriba asosida sinovdan o‘tgan to'rt usul taqdim etiladi.


1.Konditsionerni to‘liq yoqish - eng keng tarqalgan usul, mashinani ishga tushirib, konditsionerni maksimal darajaga qo‘yish. Biroq bu usul unchalik tez natija bermaydi. Sinov natijasiga ko‘ra:


  • boshlang‘ich harorat: 53,3°C;
  • 10 daqiqada: 43,3°C;
  • 20 daqiqada: 39,4°C.


Agar shoshayotgan bo‘lsangiz, bu usul siz uchun eng yaxshi tanlov emas.


2.Konditsioner va ochiq oynalar bilan harakatlanish - oddiy holatda tavsiya qilinmaydigan bu usul aslida juda samarali chiqdi. Mashinani harakatga keltirib, bir vaqtning o‘zida konditsionerni yoqib, oynalarni ochib harakatlaniladi:


  • boshlang‘ich harorat: 52,2°C;
  • yetti daqiqada: 43,3°C;
  • 15 daqiqada: 36,1°C.


Natijada salon tezroq soviydi. Ochiq oynalar issiq havoni chiqarishga yordam beradi.


3.Konditsioner, yopiq oynalar, havo aylanishi (retsirkulyatsiya) - bu usul — eng samaralilaridan biri. Avtomobil harakatda bo‘lsa, motor aylanishi yuqori bo‘ladi, bu esa sovitish tizimi samaradorligini oshiradi:


  • boshlang‘ich harorat: 58,9°C;
  • besh daqiqada: 50°C;
  • 15 daqiqada: 34,4°C;
  • 20 daqiqada: 31,1°C.


Konditsioner ish boshlaganda retsirkulyatsiyani o‘chirib qo‘ying — tashqi havo sovuqroq bo‘ladi.


4.Eshik bilan shamollatish - bu xalqona usul mashhur va samarali: yo‘lga chiqishdan oldin yo‘lovchi oynasini oching va haydovchi eshigini bir necha marta ochib-yopilsa, issiq havo salon ichidan tez chiqib ketadi:


  • boshlang‘ich harorat: 57,2°C;
  • 10 daqiqada: 37,9°C;
  • 15 daqiqada: 32,8°C;
  • yakuniy natija: 30°C.


Masofadan turib mashinani oldindan yoqilsa, issiq havoni haydaladi va oynalar yopiladi. Elektrmobillar uchun sovitish bo‘yicha tavsiyalar:


  • oldindan sovitish – mobil ilova orqali konditsionerni yoqish;
  • qisqa muddatga chiqqanda klimatik tizimni o‘chirish – u avtomobilni sovuq holda ushlab turadi;
  • yorug‘likka chidamli plyonka va tonirovka tortish – salonning qizishini 50–70% gacha kamaytiradi.


Qulayroq variant — harakatlanish bilan bir vaqtda oynalarni ochib, issiq havoni chiqarib yuborish, so‘ng oynalarni yopib retsirkulyatsiya orqali sovitishni davom ettirish. Shunda eng tez natijaga erishiladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner