BannerMobile banner
Maqolalar

2025-yilda UzAuto Motors avtomobillari: aktual narxlar va avtokredit

24.06.2025 / 07:19

Mashhur modellar narxlari, kredit imkoniyatlari va texnik jihatlar bo‘yicha to‘liq qo‘llanma.

Blog image

O‘zbekiston avtomobil bozori 2025-yilda jadal rivojlanmoqda. Yangi modellar, yig‘ish zavodlari va qulay shartlar fonida ko‘pchilik “Qaysi mashinani tanlasam bo‘ladi?” degan savol bilan qiziqmoqda. UzAuto Motors tomonidan taqdim etilgan mashinalarning aktual narxlari, xususiyatlari va qaysi biri mosligi haqida qisqa va foydali ma’lumot bu maqolada beriladi.


🔹 Arzon segment — ishga, yetkazib berishga yoki shunchaki yurishga


  • Chevrolet Labo — 93 771 000 so’m;
  • Chevrolet Damas — 96 932 000 so’m.


Ushbu modellar asosan ish uchun ideal, qulay va arzon xizmat ko‘rsatishga ega.


Shahar va oila uchun mos sedanlar


  • Chevrolet Cobalt – 125 795 000 so‘mdan. Avtomat yoki mexanik uzatmalar qutisi, 563 litrli katta bagaj va ishonchli motor;
  • Chevrolet Lacetti – 128 284 000 so‘mdan. O‘zining klassik ko‘rinishi bilan ko‘pchilikning tanlovida.


Cobalt va Lacetti — narx/foyda bo‘yicha eng ommabop avtomobillar.


Zamonaviy va ixcham — shahar uchun ideal variantlar


  • Chevrolet Onix – 161 900 000 so‘mdan (LS MT versiyasi) 215 624 800 so'mgacha. Turbo versiyalari esa 215 million so‘mgacha. Yoqilg‘i sarfi — 5.9–6.2 litr.


Yoshlar va shahar hayoti uchun juda mos. Egasiga zamonaviy dizayn va tejamkorlikni taqdim etadi.


Komfort va prestijni yoqtiruvchilar uchun — Malibu XL


  • Narxi: 419 000 000 so‘m;
  • Motor: 2,5L turbo, avtomatik 6 pog‘onali uzatma;
  • Yoqilg‘i sarfi: 8 – 8.5 l/100 km;
  • Bagaj: 462 litr;
  • Afzalliklari: keng salon, zamonaviy dizayn, stabil yurish va jimlik.


Malibu XL — rahbarlar, xizmat mashinasi yoki oilaviy uzoq safarlar uchun ideal tanlov. Uning ichki qulayligi va tashqi ko‘rinishi uni UzAuto lineupidagi eng nufuzli sedanlardan biriga aylantiradi.


Oilaviy, uzun yo‘llar uchun va SUV ixlosmandlariga


  • Chevrolet Tracker — 215 951 360 so‘mdan. Yangi avlod SUV, 5.6 l/100 km sarfi, ixcham va tejamkor;
  • Chevrolet Equinox — 441 000 000 so‘mdan. To‘liq avtomat, 8.2 l sarf, keng va qulay salon;
  • Chevrolet Captiva — 249 900 000 so‘mdan 349 000 000 gacha. Katta oila uchun ideal tanlov;
  • Traverse va Tahoe — premium SUV, narxi mos ravishda 734 530 720 mln va 1 109 374 000 so‘mdan boshlanadi.


Imtiyoz va chegirmalar


  • 0% foizli kredit: Onix, Tracker, Damas modellari uchun 22-30 oygacha;
  • Chegirmalar: Tracker REDLINE – 22 mln so‘mgacha arzonlashgan, Onix va boshqa modellar uchun −15 mln chegirma mavjud.
Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner