Yoqilg‘i kamligi nimalarga olib keladi
02.05.2025 / 06:27Eng aniq va xavfli sabab — yo‘l o‘rtasida to‘xtab qolish ehtimoli katta.

Yoz mavsumi — bu dala hovlilarga borish va uzoq safarlarga chiqish vaqti. Aynan shunday paytlarda koʻplab haydovchilar eski odatga qaytadi — yoqilg‘i tugagachgina AYoQShga kirish. Ammo avtomexaniklar bunday odat avtomobilga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Quyida doimo bakni to‘liq saqlash uchun uchta muhim sabab keltirilgan.
1. Yo‘l o‘rtasida qolib ketish xavfi
Eng aniq va xavfli sabab — yo‘l o‘rtasida to‘xtab qolish ehtimoli. Bu ayniqsa notanish hududda bo‘lsangiz, yanada noqulay bo‘ladi. Hatto tajribali haydovchilar ham har doim yoqilg‘i yetadimi-yo‘qmi, deb aniq baho bera olmaydi. Shuning uchun “o‘zini sinab ko‘rish” o‘rniga, oldindan yoqilg‘i quyish ancha xavfsizroq va o‘rinli yechimdir.
2. Yonilg‘i nasosiga ortiqcha yuklama
Yoqilg‘i miqdori kamayganida, yonilg‘i nasosiga tushadigan yuk ortadi. Nasos yoqilg‘i ichida sovutiladi, ammo bakda yoqilg‘i oz bo‘lsa, bu sovitish to‘liq amalga oshmaydi. Natijada u tez qizib, eskiradi va buziladi. Nasosni ta’mirlash yoki almashtirish esa arzonga tushmaydi.
3. Kondensat — yashirin tahdid
Bahor va yoz oylarida kun va tun o‘rtasidagi harorat farqi tufayli yoqilg‘i bakida kondensat hosil bo‘ladi. Havo bakka kirganda undagi namlik suv holatida cho‘kadi. Qancha yoqilg‘i kam bo‘lsa, suv bug‘lanishi uchun shuncha ko‘proq joy bo‘ladi. Suv esa yoqilg‘idan zichroq va bakning tagiga cho‘kadi, bu esa tizimda korroziyani keltirib chiqarishi yoki dvigatelga zarar yetkazishi mumkin.
Avtomobilingizni yaxshi holatda saqlash, yo‘l-yo‘lakay muammolardan qochish va pulingizni tejashni istasangiz — bakni har doim kamida chorak qismgacha to‘ldirib yurishni odat qiling. Uzoq safarga chiqishda esa to‘liq bak bilan yo‘lga chiqish eng oqilona yechimdir.