Mashinani yozda to'g'ri yuvish va bo'yoqni saqlab qolishning turli yo'llari
08.05.2025 / 08:24Noto‘g‘ri yondashuv lak-bo‘yoq qoplamasiga zarar yetkazadi.

Yozgi jaziramada mashina yuvish xavfsiz bo‘lmay qolishi mumkin. Noto‘g‘ri yondashuv lak-bo‘yoq qoplamasiga zarar yetkazib, qayta bo‘yashga olib keladi. Mutaxassislar quyidagi tavsiyalarni beradi:
- quyosh ostida yuvmang: issiqda suv va kimyoviy vositalar tez bug‘lanib, dog‘ va chiziqlar qoldiradi. Mashinani ertalab, kechqurun yoki soyada yuving;
- issiq kuzovni sovuq suv bilan yuvmang: bu bo‘yoqda mikro yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Suv iliq, 40°C dan oshmagan bo‘lishi kerak;
- avval suv quyib, keyin yuvish: yuvishdan oldin kuzovni suv bilan yuvib, chang va mayda zarrachalarni tozalang. Shampun va toza suvli ikki chelakdan foydalaning;
- quritish va himoya vositalari muhim: yuvilgan mashinani mikrofibra mato bilan quriting va quyoshdan himoya qiluvchi vosk surting;
- boshqa detallarga ahamiyat beramiz — oyna, eshik tutqichlari va boshqa detallarni alohida yuvish tavsiya etiladi. Juda qizigan kuzovni yuvmang — qo‘l tekkizib bo‘lmasa, demak hali erta.
Bu maslahatlar nafaqat mashinangizning ko‘rinishini saqlab qoladi, balki bo‘yoq qoplamasining umrini ham uzaytiradi, kelajakda qimmat ta’mirlardan saqlaydi.