Yaponiya politsiyasiga Honda NSX sovg'a qilishdi
12.05.2025 / 16:10Honda NSX "Police" yozuvi tushirilgan an’anaviy oq-qora libos va tomga o‘rnatilgan qizil chiroqlarni oldi.

Yaponiyaning Mie prefekturasi politsiyasi 573 ot kuchiga ega yangi Honda NSX patrul avtomobilini oldi. Mashina Suzuka avtodromida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda politsiyaga topshirilgan.
Avtomobilni politsiyaga ko‘chmas mulk magnati va avtopoygalar ishqibozi Toshiya Kobayashi sovg‘a qilgan.
Avtomobilning narxi, patrul uchun modifikatsiyalarni hisobga olgan holda taxminan — $175 mingni tashkil qiladi. Yangi patrul avtomobili avgust oyida SuperGT poygasi oldidan bo‘lib o‘tadigan paradda namoyish etiladi.
Honda NSX "Police" yozuvi tushirilgan an’anaviy oq-qora libos va tomga o‘rnatilgan qizil chiroqlarni oldi. Avtomobil bo‘lajak poygaga bag‘ishlangan tadbirlarning bir qismiga aylanadi, bu esa barcha xohlovchilarga uni harakatda ko‘rish imkonini beradi.