BannerMobile banner
Maqolalar

Sifatsiz yoqilg‘i — avtomobilingiz uchun yashirin xavf keltirib chiqaradi

21.04.2025 / 05:45

Oktan soni past yoqilg‘i dvigatelda noto‘g‘ri yonish jarayonini keltirib chiqaradi.

Blog image

Bugungi kunda avtomobil egalarining duch kelayotgan eng katta muammolaridan biri — sifatsiz benzin yoki dizel yoqilg‘i. Ko‘p hollarda bunga arzon narx yoki ishonchsiz AYoQShlardan foydalanish sabab bo‘ladi. Ammo bu holat avtomobilingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.



Asosiy xavflar:

- detonatsiya (portlashli yonish): oktan soni past yoqilg‘i dvigatelda noto‘g‘ri yonish jarayonini keltirib chiqaradi. Bu porşen va klapanlarga zarar yetkazadi;

- yonilg‘i tizimining ifloslanishi: sifatsiz yoqilg‘ida aralashmalar va suv bo‘ladi. Bu filtrlar, nasos va inyektorlarni tiqiltirib qo‘yadi;

- quvvat yo‘qolishi: to‘liq yonmagan yoqilg‘i dvigatel quvvatini kamaytiradi. Avtomobil sekin harakatlanadi, tezlikka sust javob beradi;

- sensorlar va elektronika xatoliklari: iflos yoqilg‘i natijasida “Check Engine” chirog‘i yonadi, dvigatel boshqaruvi noto‘g‘ri ishlay boshlaydi;

- tashqi tutun va zararli gazlar ortadi: sifat pastligi tufayli chiqindilar ko‘payadi. Bu ekologik me’yorlarga zid va katalizatorni ishdan chiqaradi;

- ta’mirlash xarajatlari oshadi: nasos, inyektor, dvigatel qismlarini almashtirish kerak bo‘ladi — bu esa juda qimmatga tushadi.



Nima qilish kerak?

- har doim ishonchli va rasmiy AYoQShlardan yoqilg‘i oling;

- oktan soniga va yoqilg‘i sifati haqidagi fikrlarga e’tibor bering;

- dvigatel ishlashida o‘zgarish sezsangiz — darhol diagnostika qildiring.


Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner