BannerMobile banner
Yangiliklar

Yangilangan Chevrolet Trailblazer 2026

07.03.2025 / 10:08

2026-yilgi Trailblazer avvalgi modellarga qaraganda katta yangilanishlar olmagan.

Blog image

Chevrolet o‘zining yangilangan Trailblazer 2026 modeliga oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. GM Authority ma’lumotiga ko‘ra, yangi model avvalgisiga qaraganda $100 arzonroq bo‘ldi. 2024-yilda Trailblazer sezilarli yangilanishlar olgan edi. Biroq, 2025 va 2026-yillarda model minimal o‘zgarishlar bilan taqdim etildi.


- LS bazaviy komplektatsiyasi oldingi yuritma va 1,2 litrli turbomotor bilan — $24 295, 1,3 litrli dvigatel uchun qo'shimcha to'lov — $395, to'liq yuritma versiyasi — $26 295 dan boshlanadi;

- LT komplektatsiyasi 1,2 litrli dvigatel bilan — $25 495, 1,3 litrli dvigatel bilan — $25 890.


1,2 litrli turbo I3 LBP dvigateli: 137 ot kuchi va 219,6 Nm aylanuvchi moment, E85 yoqilg'isini qo'llab-quvvatlaydi. 2026-yilgi Trailblazer avvalgi modellarga qaraganda katta yangilanishlar olmagan, ammo narxlar biroz pasaygan. Yangi dvigatel ham taklif qilinmoqda, bu esa yoqilg‘i tejamkorligi va moslashuvchanligini oshirishi mumkin.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner