Tesla AQShda 46 mingdan ortiq Cybertruckni chaqirib oldi
24.03.2025 / 10:14Defektli panellar kompaniya servis markazlarida bepul almashtiriladi.

Tesla AQShda 46 096 dona Cybertruck elektromobilini chaqirib olishni boshladi. Amerika Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) ma’lumotiga ko‘ra, bunga avtomobil kuzovidagi zanglamaydigan po‘lat panellarning harakat vaqtida ajralib ketish xavfi sabab bo‘lgan. Bu esa yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solishi mumkin. Defektli panellar kompaniya servis markazlarida bepul almashtiriladi.
2024-yilda Tesla AQShda eng ko‘p avtomobil chaqirib olgan kompaniya bo‘ldi. Unga tegishli chaqirib olish kampaniyalari umumiy miqdorning 21% ni tashkil etdi.
O‘tgan yilning yozida ham Tesla 23 mingdan ortiq Cybertruckni chaqirib olgan edi. O‘shanda nosozlik old oynaning shisha tozalagichi va yukxona qoplamasining noto‘g‘ri mahkamlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan.