"Havoda uchayotgan" avtomobillar: Honda kran yordamida uchta yirik krossoverni ko‘tardi
28.03.2025 / 09:08Honda Passport TrailSport ilgaklari krossoverning o‘zidan ikki baravar katta yukni ko‘tarishga mo‘ljallangan.

Honda marketing mutaxassislari Honda Passport TrailSport krossoverining afzalliklarini namoyish etish uchun noodatiy usulni o‘ylab topdilar. Model jihozlangan tortish ilgaklari va avtomobil bardoshligini ko‘rsatish maqsadida uchta ushbu krossover kran yordamida 30 metr balandlikka ko‘tarildi va bir-biriga ulanib osildi.
Honda Passport TrailSport ilgaklari krossoverning o‘zidan ikki baravar katta yukni ko‘tarishga mo‘ljallangan. Biroq, imkoniyatlarni namoyish qilish uchun uchta avtomobil bilan samarali tomosha tashkil etildi. Natijada, tortish elementlariga tushgan umumiy yuk qariyb 6,5 tonnani tashkil qildi, bu esa bitta krossover og‘irligining taxminan uch barobariga teng.
Ta’kidlanishicha, Honda Passport TrailSport’ning oldingi tortish ilgaklari zangga chidamli kukun qoplamali quyma temirdan tayyorlangan. Ular old tomondan to‘qnashuv sodir bo‘lsa, ajralib tushadigan qilib loyihalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy avlod Honda Passport modeli o‘tgan yilning noyabr oyida taqdim etilgan. Krossover 285 ot kuchiga ega, 3,5 litr hajmli V6 benzin dvigateli va 10 pog‘onali avtomat uzatmali qutiga ega. Uning off-road versiyasi TrailSport keng shinalar, kuchli tortish ilgaklari, shuningdek, maxsus osma tizimi va to‘liq uzatmali tizim sozlamalari bilan ajralib turadi.