Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish hajmi Qozog‘istonda oshmoqda
28.03.2025 / 08:54Ushbu afsonaviy sedan Qostanay shahridagi zavodda yig‘iladi.

Qozog‘istonda 2025 yil yanvar-fevral oylarida jami — 3 802 dona Chevrolet Cobalt ishlab chiqarildi, shu jumladan eksportga jo‘natilgan mashinalar ham hisobga olingan. Bu haqda Qozog‘iston avtomobilchilar ittifoqi hisobotida keltirilgan.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish — 17,7% ni tashkil etdi.
Chevrolet Cobalt yil boshidan beri zavod konveyeridan chiqqan eng ommabop modelga aylandi. Ushbu afsonaviy sedan Qostanay shahridagi zavodda yig‘iladi, avtomobil detallari esa O‘zbekistondagi UzMotors tomonidan ishlab chiqariladi.
Ikkinchi o‘rinda Hyundai Tucson (3 011 dona), uchinchi o‘rinda esa Hyundai Mufasa (1 792 dona) joylashdi.
Shunga qaramay, 2025 yilning dastlabki ikki oyida Qozog‘istondagi umumiy avtomobil ishlab chiqarish hajmi — 9,3% ga kamayib, 20 888 dona mashinaga tushib ketdi.