Rossiya Bugattini raqibini ixtiro qildi
05.05.2025 / 11:34Marussia B2 jami atigi 12 dona ishlab chiqarilgan.

Minskda bo‘lib o‘tgan Tachki Cyber ko‘rgazmasida Rossiyada qo‘lda yig‘ilgan eng noyob avtomobillardan biri — Marussia B2 namoyish etildi.
Marussia B2 modeli 2010-yillarning boshida Marussia Motors tomonidan ishlab chiqilgan. Mashina o‘zining agressiv va futuristik dizayni, karbon (uglerod tolali) kuzovi va o‘ziga xos aerodinamik yechimlari bilan ajralib turadi.
Uning ishlanmasi britaniyalik texnologiyalar asosida, poyga sanoati elementlaridan foydalangan holda olib borilgan. Avtomobillar Rossiyada to‘liq qo‘lda yig‘ilgan.
Texnik jihatdan Marussia B2 100 km/soat tezlikka taxminan — 3,8 soniyada chiqa oladi. Jami atigi 12 dona ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu uni haqiqiy kolleksion nodir avtomobilga aylantiradi. Ko‘rgazmaga aynan shunday noyob nusxalardan biri olib kelindi.