BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekiston yo‘llarida “Toza havo” oyi boshlandi – haydovchilarni tekshiruvlar va jarimalar kutmoqda

10.04.2025 / 07:50

Toshkentda esa qo‘shimcha bosqich 10 sentabrdan 10 oktyabrgacha davom etadi.

Blog image

2025-yil 10-apreldan boshlab O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan ekologik aksiya — “Toza havo” start oldi. Aksiya doirasida avtomobillar ekologik talabga muvofiqligi bo‘yicha ommaviy ravishda tekshiriladi. Tadbirni Ekologiya va Ichki ishlar vazirliklari tashkil qilgan.


Aksiya ikki bosqichda o‘tkaziladi:

– 10 aprel – 10 may;

– 10 avgust – 10 sentabr.


Toshkentda esa qo‘shimcha bosqich 10 sentabrdan 10 oktyabrgacha davom etadi.


Tekshiruvlar yo‘llarda, YPX postlarida va texnik ko‘rik vaqtida amalga oshiriladi. Agar avtomobil ekologik talabga javob bermasa, haydovchiga jarima solinadi va transport vositasi nosozliklar bartaraf etilmaguncha harakatdan chetlashtiriladi. 


Bu chora-tadbirlar Ma’muriy javobgarlik kodeksining 87 va 125-moddalari, shuningdek “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun asosida amalga oshiriladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner