BannerMobile banner
Yangiliklar

Kia EV3 — yilning eng yaxshi avtomobiliga aylandi

18.04.2025 / 08:56

“Yilning Butunjahon avtomobili” unvoni Kia EV3 modeliga topshirildi.

Blog image

World Car Awards 2025 marosimida “Yilning Butunjahon avtomobili” unvoni Kia EV3 modeliga topshirildi. Ushbu yangi model Nyu-York xalqaro avtosalonida taqdim etildi va darhol o‘zining zamonaviy dizayni va hayratlanarli xususiyatlari bilan e’tiborni tortdi.


Kia prezidenti Xo Son Son o‘z hayajonini yashirmadi: “Bunday mukofotni olish biz uchun katta sharaf! Bu bizning estetik jihatdan jozibador va ekologik barqaror yechimlar yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizni tasdiqlaydi”.


96 nafar xalqaro avtomobil jurnalistlaridan iborat hay’at a’zolari Kia EV3’ning ilg‘or texnologiyalari va yuqori darajadagi qulayligini bir ovozdan ta’kidlashdi.


Kia EV3 605 km gacha yurish zaxirasiga va tez zaryadlash imkoniyatiga ega — 10% dan 80% gacha atigi — 31 daqiqada zaryadlanadi. Sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan innovatsion salon va ilg‘or haydovchiga yordam beruvchi tizimlar har bir safarni zavqqa aylantiradi.


2020-yildan beri olti marotaba World Car Awards mukofotini qo‘lga kiritgan Kia bozordagi yetakchiligini yana bir bor isbotladi. EV9 dan tortib Soul EV gacha bo‘lgan har bir model butun dunyo bo‘ylab avtomobil ishqibozlari qalbini zabt etgan. 



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner