Chevrolet eng mashhur modelini ishlab chiqarishini to'xtatdi
18.04.2025 / 07:35Super Cruise avtopilot tizimi va katta yurish zaxirasi bilan ajralib turardi.

Chevrolet 2026-yilgi Silverado EV uchun RST komplektatsiyasini ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bu versiya eng yuqori darajadagi opsiyalar, 24 dyuymli disklar, Super Cruise avtopilot tizimi va katta yurish zaxirasi bilan ajralib turardi.
RST narxi — $97,895 gacha yetar edi, bu esa AQShdagi elektromobillar uchun federal subsidiya (imtiyoz) olish imkonini bermasdi. Bu narx modelning ommaviy xarid qilinishini cheklagan bo‘lishi mumkin.
RST komplektatsiyasi 2024 va 2025-yilgi Silverado EV modellari uchun taklif qilingan. 2026-yilda esa uning o‘rnini Trail Boss versiyasi egallaydi — bu model yo‘ldan tashqari harakat (off-road) uchun moslashtirilgan va kuchli texnik imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Yangi Silverado EV hali ham GMning BT1 platformasida ishlab chiqariladi, to‘liq elektrli uzatma va 4WD tizimiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqarish sanasi — 2025-yil 19-mayda boshlanadi.
Rasmiy sabablari ochiqlanmagan bo‘lsa-da, hozirda dilerlarda 1 746 dona Silverado EV RST qolgan. Bu modelni xarid qilishni istaganlar uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin.