BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda gibrid avtomobillar importiga bojxona cheklovlari kutilmoqda

19.04.2025 / 07:59

Davlat byudjetiga qo‘shimcha tushum kiritish maqsad qilingan.

Blog image

Jamoat faoli Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hukumati ketma-ket gibrid avtomobillarni (REEV — Range Extended Electric Vehicle) endilikda alohida TIF TN (Tovar nomenklaturasi) kodi orqali rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu esa maxsus bojxona tartiblarini joriy etishni anglatadi.


Yangi tartibdan ko‘zlangan maqsadlar:


- transport vositalarining to‘g‘ri klassifikatsiyasi;

- belgilangan bojxona to‘lovlarini undirish;

- davlat byudjetiga qo‘shimcha tushum kiritish.


Biroq ayrim ekspertlar va importchilar bu o‘zgarishlarni salbiy baholashmoqda. Ularning fikricha: bojxona to‘lovlari REEV avtomobillari importini kamaytiradi, natijada import pasayadi, balki utilizatsiya yig‘imlari (utilsbor) ham kamayadi va byudjetga zarar yetkazishi mumkin.


Hozircha hukumat bu borada rasmiy bayonot bermagan.


Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner