Zeekr dunyodagi eng qimmat seriyali minivenini taqdim etdi
19.04.2025 / 07:54Zeekrda SPA darajasidagi massaj funksiyasiga ega o‘rindiqlar o‘rnatilgan.

Xitoylik Zeekr kompaniyasi 19-aprel kuni yangi modeli — Zeekr 009 Glorious Black Gold Editionni savdoga chiqaradi. Bu model dunyodagi eng qimmat seriyali miniven sifatida taqdim etildi.
Avtomobil 24 karatli oltin bezaklar va yetita haqiqiy oltin logotip bilan jihozlangan. Unga ikkita Snapdragon 8295 chipi, 43 dyuymli 4K ekran, hamda SPA darajasidagi massaj funksiyasiga ega o‘rindiqlar o‘rnatilgan. O‘lchamlari: 5 217×2 024×1 812 mm, g‘ildirak bazasi — 3 205 mm.
Shuningdek, kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyda har ikkinchi sotilgan lyuks to‘rt o‘rindiqli avtomobil — bu Zeekr 009 Brilliance modeli hisoblanadi.