BannerMobile banner
Yangiliklar

Ferrari ilk elektromobilini 2025-yilning oktyabr oyida taqdim etadi

18.04.2025 / 08:47

Maksimal tezligi — 350 km/soatni tashkil qiladi.

Blog image

Ferrari o‘zining tarixdagi ilk to‘liq elektr avtomobilini 2025-yil 9-oktabr kuni taqdim etadi. Bu haqda kompaniya rahbari Jon Elkann Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.


Yangi elektromobilning barcha asosiy komponentlari — elektr dvigateli, batareyalar va boshqa uzellar — Ferrari tomonidan Maranello shahrida qurilayotgan maxsus sexda ishlab chiqariladi. Model uch xil elektr quvvat tizimi bilan taqdim etilishi rejalashtirilgan.


Hozircha texnik tafsilotlar e’lon qilinmagan, ammo kompaniya yangi elektromobil Ferrarining sport merosini saqlagan holda, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilishini ta’kidlamoqda.


Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Ferrari F80 nomli gibrid superkarini taqdim etgan edi. U 1 200 ot kuchiga ega bo‘lib, 0 dan 100 km/soatgacha 2,15 soniyada tezlanadi va maksimal tezligi — 350 km/soatni tashkil qiladi.


Mazkur elektromobil Ferrari uchun yangi bosqich bo‘lib, brendning elektromobil bozoriga jiddiy kirib kelishini anglatadi. 


Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner