BannerMobile banner
Yangiliklar

Tesla Cybertruckning minglab pikaplari sotilmay qolmoqda

08.05.2025 / 08:44

Tesla yaqinda talabga moslashish uchun yangi versiyasini taqdim etdi.

Blog image

Tesla omborlarida 10 mingdan ortiq sotilmagan Cybertruck elektr pikaplari yig‘ilib qolgan. Mutaxassislar bunga sabab sifatida past talabni ko‘rsatmoqda. 


Har bir mashinaning o‘rtacha narxi — $79 mingni tashkil etadi, umumiy zahiraning qiymati esa — $790 mlnga yetishi mumkin. Ombordagi mashinalarning katta qismi 2024-yilda ishlab chiqarilgan. Ayrimlari bir necha oydan beri sotilmay turibdi, jumladan, oktabrda tugatilgan “Foundation Series” ham.


Tesla yaqinda orqa g‘ildirakdan tortuvchi, ammo funksiyasi soddalashtirilgan yangi versiyasini taqdim etdi — bu talabga moslashish uchun qilinayotgan harakat sifatida baholanmoqda. Analitiklar hozirgi holatda Tesla yiliga atigi 20 mingta Cybertruck sota olishini taxmin qilmoqda, bu esa dastlabki 250 ming donalik rejadan ancha kam.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner