Toshkent viloyatining ayrim yo‘llarida tezlik 80 km/soatga tushirildi
07.05.2025 / 07:32Ushbu choralar yo‘l-transport hodisalari ko‘p qayd etilgan uchastkalarda joriy etilgan

Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va og‘ir yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Toshkent viloyatining turli hududlaridagi 37 ta yo‘l uchastkasida avtomobillar harakatlanish tezligi 100 km/soatdan 80 km/soatgacha tushirildi.
Tegishli qaror viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan imzolangan. Qarorga ko‘ra, ushbu choralar yo‘l-transport hodisalari ko‘p qayd etilgan va fojiali oqibatlarga sabab bo‘lgan uchastkalarda joriy etiladi. Yangi tezlik cheklovini bildiruvchi yo‘l belgilarini o‘rnatish 5 kun ichida yakunlanishi belgilangan.
Tezlik cheklovi - 80 km/soat etib belgilanadigan 37 ta uchastka ro‘yxati:
Urta Chirchiq tumani:
- A-373a avtomobil yo‘li – 33–37 km;
- 4R-2 avtomobil yo‘li – 12–13 km, 16–18 km, 28–29 km, 34–38 km.
Ohangaron tumani:
- A-373 avtomobil yo‘li – 107–109 km.
Akkurgan tumani:
- A-373 yo‘li – 61–67 km;
- 4R-22 yo‘li – 16–17 km, 30–31 km;
- 4R-24 yo‘li – 38–41 km, 44–46 km, 57–60 km.
Parkent tumani:
- 4R-15 yo‘li – 39–48 km, 44–53 km;
- 4R-254 yo‘li – 0–5 km;
- 4R-16 yo‘li – 23–27 km.
Yangiyo‘l tumani:
- M-39 yo‘li – 824 km, 831 km, 832 km, 835–836 km.
Chinoz tumani:
- M-39 yo‘li – 849–850 km, 855–856 km, 857–858 km, 859–860 km, 864–865 km, 866–867 km, 869–870 km.
Nurafshon shahri:
- 4R-20 yo‘li – 7–8 km.
Piskent tumani:
- 4R-20 yo‘li – 9–10 km, 12–14 km, 23–24 km, 27–28 km, 31–32 km.
Bo‘ka tumani:
- 4R-20 yo‘li – 37–38 km.
Bekobod tumani:
- 4R-20 yo‘li – 55–56 km (ikkita alohida segmentda), 63–64 km.
Aholi punktlari ichida ruxsat etilgan maksimal tezlik - 60 km/soat, aholi punktlaridan tashqarida esa odatda 100 km/soat deb belgilangan. Ammo ushbu qarorga ko‘ra xavfli deb topilgan ayrim yo‘llarda endilikda maksimal tezlik - 80 km/soat bilan cheklanadi.
Yangi belgilar o‘rnatilgach, belgilangan tezlikni buzgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi ko‘riladi. Tezlikni cheklash fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora bo‘lib, har bir haydovchidan ogohlik, ehtiyotkorlik va qonunlarga rioya qilish talab etiladi.