BannerMobile banner
Yangiliklar

Tesla yangi Model Yning eng arzon variantini taklif qildi

08.05.2025 / 06:24

Tesla yangi Model Y interyerini ham yangiladi.

Blog image

Tesla rasmiy tarzda yangi Model Y’ning eng arzon versiyasini — Long Range Rear-Wheel-Drive (uzoq masofaga yuradigan orqa g‘ildirakdan tortuvchi) variantini taqdim etdi.


Bu modelning boshlang‘ich narxi soliq imtiyozlaridan oldin — $44 990 ni tashkil etadi, bu esa uni xaridorlar uchun jozibador qiladi. AQShdagi soliq kreditlarini hisobga olganda, narx — $37 490 gacha tushadi. Yangi modelga buyurtmalar ochilgan va dastlabki yetkazib berishlar 3-5 hafta ichida boshlanadi.


Long Range Rear-Wheel-Drive versiyasi: 575 km yurish zaxirasiga, maksimal - 200 km/soat tezlikka va 0 dan 100 km/soatgacha - 5,4 soniyada tezlanishiga ega. Bu ko‘p g‘ildirakli All-Wheel-Drive (AWD) versiyasiga nisbatan bir oz sekinroq (AWD 4,6 soniyada tezlanadi), ammo bir zaryad bilan 526 km yuradi.


Bundan tashqari, Tesla yangi Model Y interyerini ham yangiladi — shovqinni kamaytirish uchun akustik oynalar o‘rnatildi, ichki bezak uchun esa hashamatli materiallar ishlatildi. Endi salon isitish va sovitish funksiyasiga ega o‘rindiqlar bilan jihozlangan, shuningdek, eshiklarning shovqin izolyatsiyasi ham yaxshilangan.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner