BannerMobile banner
Yangiliklar

Sodiq Azimov ko‘chasida to'xtash joyi noqulayliklarga sabab bo'lmoqda(mi?)

08.05.2025 / 08:48

Yengil mashinalar bilan yo‘lovchi transportining siqilishi tirbandliklar olib keladi.

Blog image

Sodiq Azimov ko‘chasida, IIBB yaqinidagi Korzinka oldida ikkita avtomobil uchun to‘xtash joyi ajratilgan.


Bu esa svetofordan atigi 20 metr narida joylashgan va natijada yo‘lning bir qismi olib qo‘yilgan. Bu ko‘cha gavjum va undan nafaqat yengil mashinalar, balki yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar ham o‘tadi.


Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra: 

- svetoforga yaqin hududda avtoturargoh ajratish mumkin emas. Bu esa haydovchilarning ko‘rish doirasini qisqartiradi va keskin burilishlarga olib keladi;


- mazkur ko‘cha kunning ko‘p qismida gavjum bo‘lgan, shunday bo‘lsa-da, yo‘lning bir qismini to‘xtash joyi sifatida ajratish – bu muvofiqlashtirilmagan qaror;


- bu ko‘chada uchta avtobus yo‘nalishi harakatlanadi. Yengil mashinalar bilan birga yo‘lovchi transportining siqilishi tirbandliklar va vaqt yo‘qotishiga olib keladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner