Mercedes G-Classni 80-yillarga qaytardi
17.04.2025 / 06:52Yangi seriya ikki modifikatsiyada taqdim etiladi: dizelli G 450 d va benzinli G 500.

Mercedes-Benz afsonaviy G-Class modelining yangi, ammo retro ruhidagi cheklangan seriyasini taqdim etdi—Edition “Stronger Than the 1980s”. Bu seriya 1980-yillardagi asl W460 modeliga havola bo‘lib, jami — 460 dona ishlab chiqariladi.
Yangi seriya ikki modifikatsiyada taqdim etiladi: dizelli G 450 d va benzinli G 500. Har ikki versiya zamonaviy texnologiyalar bilan birga klassik dizaynni uyg‘unlashtirgan. Kuzovlar retro ranglar – Manufaktur Agave Green va Manufaktur Colorado Beigeda bo‘yalgan. Qora detallari, yorqin oranji burilish chiroqlari va eski G-Classga xos emblema uni o‘tmishga bog‘laydi.
Shuningdek, modelda offroad shinalar, far panjaralari, tomga o‘rnatiladigan opsional yukxalta va “G – STRONGER THAN TIME” yozuvli proyektor mavjud. Ichki qismda esa Dove Grey mato, Nappa charm, Burmester audiosistemi va “1 of 460” yozuvli eksklyuziv plakat mavjud.
Avtomobilning boshlang‘ich narxi taxminan - $200 mingni tashkil etadi. Uning o‘zgacha ko‘rinishi va retro ruhi bilan yangi G-Class kolleksionerlar orasida alohida qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.