BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda “Atom” elektromobillari ishlab chiqariladi

26.03.2025 / 09:06

O‘zbekiston elektromobil sanoatini rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

Blog image

Rossiyaning “Kama” avtomobil ishlab chiqaruvchisi “Atom” elektromobilining ishlab chiqarish maydonchasi sifatida O‘zbekistonni ko‘rib chiqmoqda. Seriyali ishlab chiqarish 2025-yilning ikkinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan.


Texnik xususiyatlari:


- akkumulyator sig‘imi — 77 kVt/soat;

- zaxira yurish masofasi — 500 km;

- 100 km/soat tezlikka chiqish vaqti — sakkiz soniya;

- boshlang‘ich narxi — $32,1 ming.


O‘zbekiston elektromobil sanoatini rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Mamlakat hukumati 2030-yilgacha elektromobillar uchun import qilinadigan butlovchi qismlarga bojxona to‘lovlari va utilizatsiya yig‘imlarini bekor qilish kabi bir qator rag‘batlantiruvchi choralarni joriy etgan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner