O‘zbekistonda poyezdlar biznes-klass kabi jihozlanmoqda
27.03.2025 / 07:53Yangi vagonlar zamonaviy dizayn va yuqori darajadagi qulaylik bilan ajralib turadi.

O‘zbekiston temir yo‘llarida yo‘lovchilarga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida poyezd vagonlari modernizatsiya qilinmoqda. UzRailway tomonidan taqdim etilgan yangi vagonlar zamonaviy dizayn va yuqori darajadagi qulaylik bilan ajralib turadi.
Eng katta o‘zgarish — yo‘lovchi o‘rindiqlari. Endi ular samolyotning biznes-klassiga o‘xshash tarzda jihozlangan bo‘lib, keng va qulay o‘tirish imkonini beradi. Vagonlarda zamonaviy ichki yoritish tizimi, qulay oyoq qo‘yish joylari va boshqa qulayliklar ham mavjud.
Yangilangan poyezdlar yo‘lovchilarga yanada shinam va maroqli sayohat qilish imkoniyatini taqdim etadi. Endi asosiy muammo — bekatingizga yetib kelganingizni unutib qo‘ymaslik kerak.