Fuqarolarga avtomobil xaridi va servis xizmatlari bo‘yicha 705 mln so‘m qaytarildi
27.03.2025 / 07:51Sifatsiz deb topilgan 6 ta avtomobil yangisiga almashtirildi.

Raqobat qo‘mitasi yengil avtomobillar xaridi va servis xizmatlaridan norozilik bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni o‘rganib chiqdi.
2025-yilning yanvar-fevral oylarida bu yo‘nalishda 154 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 106 tasi (68,8%) qanoatlantirilib, 36 tasiga (23,4%) tushuntirish berildi, 11 tasi esa tegishli organlarga yuborildi.
Natijada, iste’molchilarga jami 705,3 mln so‘m mablag‘ qaytarildi, shuningdek, sifatsiz deb topilgan 6 ta avtomobil yangisiga almashtirildi.