Leapmotor Shanxay avtosalonida yangi B01 elektr sedanini taqdim etdi
01.05.2025 / 06:12Leapmotorning Xitoydagi boshlang‘ich narx taxminan — $13 700.

Model o‘rta o‘lchamli bo‘lib, Geely Preface bilan tenglashtiriladi: uzuligi — 4 770 m va g'ildirak bazasi — 2 730 m. Soddaligi bilan ajralib turuvchi dizayn sakkiz xil kuzov rangida va 18 dyuymli disklar bilan taklif etiladi.
Salon minimalistik: 14,6 dyuymli sensorli ekran, 8,8 dyuymli haydovchi displeyi, 460 litrli bagaj. Model Leap 3.5 platformasida yaratilgan, oldi McPherson, orqa ko‘p qo‘llik osma. Ikki xil versiya taklif etiladi: 180 va 218 ot kuchiga ega elektromotorlar. Zaryad masofasi 500–600 km atrofida.
Boshlang‘ich komplektatsiyadayoq ko‘plab elektron yordamchilar mavjud, yuqori versiyada Snapdragon 8 650 chipli avtopilot tizimi bo‘ladi. Ishlab chiqarish iyulda boshlanadi, Xitoydagi boshlang‘ich narx taxminan — $13 700. Kelajakda model Yevropa va boshqa bozorlarga ham chiqadi.