1-maydan elektromobillarga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi
09.04.2025 / 08:21Gibrid va boshqa turdagi transport vositalari bu yig‘imdan ozod etilgan.

2025-yil 1-maydan boshlab, Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan faqat elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi undiriladi:
- ishlab chiqarilganiga 3 yilgacha bo‘lgan elektromobillar uchun: BHMning 120 baravari (taxminan — 45 mln so‘m);
- ishlab chiqarilganiga 3 yildan ortiq bo‘lgan elektromobillar uchun: BHMning 210 baravari (taxminan — 78,75 mln so‘m).
Gibrid va boshqa turdagi transport vositalari bu yig‘imdan ozod etilgan.