BannerMobile banner
Yangiliklar

Yo‘l harakati qoidabuzarlari uchun ogohlantirish jazosi joriy etiladi

18.05.2025 / 07:38

Ogohlantirish bir yil ichida faqat bir marta qo‘llaniladi.

Blog image

O‘zbekistonda ayrim yengil yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun yangi choralar qo‘llaniladi.


Birinchi marta sodir etilgan va unchalik jiddiy bo‘lmagan qoidabuzarliklar uchun YPX inspektori haydovchiga ma’muriy ogohlantirish berishga haqli bo‘ladi. Bunday ogohlantirish bir yil ichida faqat bir marta qo‘llaniladi.


Shu bilan birga, 2025-yil oxirigacha chorrahalar va yo‘llardagi barcha texnik nazorat vositalari to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Qonunga zid tarzda yoki me’yorlarga mos kelmaydigan qurilmalar olib tashlanadi.


Tezlikni tez-tez oshirib yuboriladigan hududlarda avtomobillarning joriy tezligini ko‘rsatuvchi va haydovchini ogohlantiruvchi elektron tablo o‘rnatiladi.


Shuningdek, maxsus texnik vositalardan tadbirkorlar tomonidan foydalanishda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va suiiste’mollarning oldini olish bo‘yicha ham choralar ko‘riladi.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner