Oʻzbekistondagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 ming kmdan oshdi
19.05.2025 / 08:13Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari

2025-yil boshiga kelib, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 42,4 ming kmga yetdi.
Mamlakatdagi avtomobil yoʻllari tarmogʻining asosiy qismini qattiq qoplamali yoʻllar tashkil etadi.
2025-yil 1-yanvar holatiga koʻra, bunday yoʻllarning uzunligi — 41,9 ming kmni tashkil etib, umumiy yoʻllarning — 98,9% iga tengdir.
Bu raqamlar Oʻzbekistonda rivojlangan transport infratuzilmasi mavjudligini ko‘rsatadi.