BannerMobile banner
Yangiliklar

Yil yakunigacha barcha radarlar hatlovdan o‘tkaziladi

19.05.2025 / 07:39

Yo‘llardagi barcha maxsus texnika vositalari to‘liq hatlovdan o‘tkaziladi.

Blog image

2025-yil yakuniga qadar Ichki ishlar vazirligi tomonidan chorraha va yo‘llardagi barcha maxsus texnika vositalari to‘liq hatlovdan o‘tkaziladi


Bu Prezident topshirig‘iga asosan qabul qilingan hukumat qarorida belgilangan. Qarorga muvofiq:


- IIV tomonidan 2025 yil yakuniga qadar chorraha va yo‘llardagi barcha maxsus texnika vositalari to‘liq hatlovdan o‘tkaziladi;


- hatlov natijalari bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan yoki belgilangan tartibga rioya etmagan holda o‘rnatilgan, texnik va standart talablariga javob bermaydigan texnika vositalari demontaj qilinadi;


- haydovchilar tomonidan tezlikni oshirish holatlari ko‘plab kuzatilayotgan hududlarda avtomashinalarning ayni vaqtdagi tezligini ko‘rsatib ogohlantiruvchi elektron tablolar o‘rnatiladi;


Tadbirkorlarning maxsus texnika vositalaridan foydalanishda shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘riladi.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner