BannerMobile banner
Yangiliklar

Maktab va bog‘cha yonida tezlik cheklovi ayrim vaqtlarda amal qilmaydi

18.05.2025 / 07:43

Dam olish kunlari, maktab ta’tili davrida va har kuni soat 19:00 dan 07:00 gacha amal qiladi.

Blog image

O‘zbekiston hukumati qaroriga ko‘ra, haydovchilarga maktab va bolalar bog‘chalari yaqinidan o‘tishda belgilangan tezlik cheklovisiz harakatlanishga ruxsat beriladi — bu faqat ayrim vaqtlarda amal qiladi. 


Endilikda dam olish kunlari, maktab ta’tili davrida va har kuni soat 19:00 dan 07:00 gacha ushbu joylarda umumiy ruxsat etilgan tezlikda harakat qilish mumkin bo‘ladi.


Bu o‘zgarish Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan hukumat qarorida nazarda tutilgan. Mazkur chora haydovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish bilan birga, harakat xavfsizligini ham hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner