Tungi soatlarda avtobus yo‘lakchalaridan foydalanishga ruxsat berildi
17.05.2025 / 08:32Qaror imzolangan kundan boshlab bir qator yengilliklar kuchga kiradi.

O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berishicha, haydovchilarga avtobuslar uchun ajratilgan maxsus yo‘lakchalardan tungi soatlarda foydalanishga ruxsat berildi.
Qaror imzolangan kundan boshlab bir qator yengilliklar kuchga kiradi. Jumladan, yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan yo‘lakchalarda boshqa transport vositalarining 23:00 dan 06:00 gacha harakatlanishiga ruxsat etiladi, — deyiladi xabarda.
Hozirda boshqa transport vositalarining avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakchalarda harakatlanishi taqiqlangan.