BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda chiroyli avtoraqamlar arzonlashdi

04.10.2025 / 08:53

Endilikda ushbu toifadagi raqamlar yagona tarif bo‘yicha sotiladi.

Blog image

O‘zbekistonda chiroyli avtomobil raqamlari narxi tushdi va endilikda ular yagona tarif asosida sotilmoqda. Bu o‘zgarish Vazirlar Mahkamasining 562-son qarori bilan tasdiqlandi.


1-oktabrdan boshlab davlat raqamlarini sotishning yangi tizimi joriy etildi. Endilikda VIP toifadagi raqamlar avvalgidan bir necha baravar arzonlashib, 7 million so‘mga baholanmoqda, avtomobilni rasmiylashtirish uchun esa qo‘shimcha 3 million so‘m to‘lanadi.


1-, 2- va 3-toifadagi “chiroyli raqamlar” endi yagona narxda sotiladi:

  • jismoniy shaxslar uchun — 17 BRV (7 004 000 so‘m);
  • yuridik shaxslar uchun — 22 BRV (9 064 000 so‘m).


Bu faqat raqamning narxi. Mashinani YPX orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va texpasport uchun yana 3 106 480 so‘m to‘lov talab qilinadi. Eng muhim yangilik shundaki, endi chiroyli raqamni mashina sotilgandan keyin ham boshqa shaxs nomiga o‘tkazish yoki o‘zingizda saqlab qolish mumkin.


Avtomobilni sotgan shaxs uch oy ichida YHXX bo‘limiga murojaat qilib, VIP raqamni o‘zida qoldirish yoki boshqasiga rasmiylashtirish huquqiga ega. Buning uchun u yagona to‘lovning 50 foizini — 8,5 BRV (taxminan 3,5 mln so‘m) miqdorida to‘lashi kerak bo‘ladi.


Bu to‘lov hatto arzonroq 4–6 toifali “chiroyli raqamlar” uchun ham amal qiladi. Shu bilan birga, ushbu toifadagi raqamlar hozircha sotuvdan olib tashlangan va oddiy tartibda, tasodifiy raqamlar sifatida berilmoqda. Kutilishicha, yangi tizim to‘liq 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga tushiriladi.


Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner