UzAuto Motors Cobalt uchun to‘lanmagan shartnomalarni bekor qildi
12.11.2025 / 07:17Navbat o‘n minglab avtomobillarga ko‘chdi: ba’zi ranglar va pozitsiyalar bo‘yicha shartnomalarning 80 foizdan ortig‘i nolga tushirildi.

11-noyabr kuni UzAuto Motors 3-noyabrda tuzilgan, ammo to‘lov amalga oshirilmagan Chevrolet Cobalt shartnomalarini bekor qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, tuzilgan shartnomalarning yarmidan ko‘pi hali to‘lanmagan, ayrim rang va komplektatsiyalar bo‘yicha esa 80 foizdan ortig‘i bekor qilingan. Natijada, Cobalt uchun navbat o‘n minglab avtomobillarga qisqardi. Bo‘shagan avtomobillar hajmi yaqin haftalarda qayta savdoga qo‘yilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni UzAuto Motors 100 mingta Cobalt shartnomasini taqsimlagan edi. Ulardan 27 mingtasi avtomobilni 2025-yil oxirigacha yetkazib berishni nazarda tutgan.
Eng ko‘p talab qilingan versiya Style MCM bo‘lib, unga 60 mingta shartnoma tuzilgan. Keyingi o‘rinda Midnight MCM (30 mingta shartnoma) turadi. Style AT va Midnight komplektatsiyalari uchun esa mos ravishda 3 ming va 2,5 ming shartnoma ajratilgan edi.







