Rossiyada Sparkning narxi O‘zbekistondagidan ikki baravar qimmat
28.10.2024 / 06:53O'zbekistonda Spark — $9 mingdan boshlanadi.

Rossiyaga yangi Spark xususiy tarzda olib kelingan.
Ushbu avtomobillar narxi — $16 840 dan boshlanadi. Tyumendagi avtomobil salonida xetchbek — $17 480 ga sotilmoqda. Voronejda Sparkning narxi esa — $18 315 ga yetgan.
Spark — 1,25 litrli, 85 ot kuchiga ega motor bilan jihozlangan. Unga to‘rt pog‘onali avtomatik transmissiya o‘rnatilgan.
O‘zbekistonda esa yangi Spark avtomatik uzatmalar qutisi bilan — $9 mingdan boshlang‘ich narxda sotilgan.