Amaldorlarning xorijiy avtomobillari e-auksion orqali sotuvga chiqarildi
17.03.2025 / 07:46“Agroinspeksiya” balansidagi Toyota Land Cruiser — 471 mln so‘m.

“Agroinspeksiya” balansidagi Toyota Land Cruiser — 471 mln so‘m, Prezident administratsiyasiga qarashli Cadillac esa — 246 mln so‘m boshlang‘ich narxda savdoga qo‘yildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni xizmat mashinalaridan foydalanishni keskin kamaytirish va milliy avtomobillarga o‘tish zarurligini ta’kidlagan edi.
Hozirda barcha davlat idoralari mahalliy avtomobillardan foydalanishga o‘tmoqda.