Toyota avtomobillar va batareyalarni qayta ishlash zavodini ishga tushiradi
25.03.2025 / 10:27Korxona yiliga 10 ming dona transport vositasini qayta ishlashga qodir bo‘ladi.

Toyota 2025 yilda dunyodagi birinchi avtomobillar va akkumulyatorlarni qayta ishlash zavodini ishga tushiradi. Toyota Circular Factory deb nomlangan ushbu korxona Buyuk Britaniyaning Derbisher grafligidagi Toyota Motor Manufacturing UK zavodi hududida joylashadi va Toyota Corolla yig‘iladigan shaharda faoliyat ko‘rsatadi.
Zavod 2025 yilning uchinchi choragida ish boshlaydi va avtomobillar hamda batareyalar xizmat muddati tugaganidan so‘ng qayta ishlanadi. Toyota bu loyihani Yevropa va butun dunyo uchun namuna sifatida ko‘rmoqda.
Dastlabki bosqichda korxona yiliga 10 ming dona transport vositasini qayta ishlashga qodir bo‘ladi. Qayta ishlangan materiallar – mis, alyuminiy, po‘lat va plastmassa – yangi avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.