O‘zbekiston Chery uchun ehtiyot qismlarni Rossiyaga yetkazib beradi
30.04.2025 / 07:30Kelishuv “Innoprom Markaziy Osiyo” sanoat ko‘rgazmasi doirasida erishilgan.

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “Technologies of Real Time” zavodi Rossiyadagi Chery avtomobillari yig‘iladigan zavodga butlovchi qismlar yetkazib berishni boshlaydi.
Kelishuv “Innoprom Markaziy Osiyo” sanoat ko‘rgazmasi doirasida erishilgan. Ehtiyot qismlar ilgari Mercedes-Benz ishlab chiqarilgan, hozir esa Chery’ning Exeed brendi yig‘ilayotgan “Yesipovo” zavodiga yuboriladi.
Bu O‘zbekiston sanoati uchun eksport imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.