O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlantirish narxi oshmoqda
01.05.2025 / 13:40Aksariyat operatorlar chegirmalarni bekor qildi.

1-maydan boshlab yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi tarifining atigi 100 so‘mga oshirilishiga qaramay, bir qator elektromobil quvvatlantirish stansiyalari narxlarni ko‘tarishni boshladi.
Aksariyat operatorlar chegirmalarni bekor qildi va yangi narxlar 1 kilovatt-soat uchun 200–500 so‘mga oshirildi. Shu bilan birga, eng yirik tarmoqlar — Tok Bor va Megawatt narxlarni hozircha o‘zgartirmadi. Ular orqali quvvatlantirish narxi 2 550–2 850 so‘m atrofida qolmoqda.
Narxlarning bu kabi oshishi elektromobil egalari uchun xizmat xarajatlarini oshiradi va umumiy transport xarajatlariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.