BannerMobile banner
Yangiliklar

BMW may oyidan boshlab elektromobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi

02.05.2025 / 06:13

2025-yilning birinchi choragida BMW AQShda 13 538 ta elektromobil sotdi.

Blog image

2025-yil 1-maydan boshlab BMW elektromobillar ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqida avtobrend rasmiy ravishda dilerlarga xabar berdi. Ishlab chiqarishning qayta tiklanish muddati hozircha aniqlashtirilmagan.


BMW bu qarorni iqtisodiy va siyosiy noaniqliklar fonida qabul qilgan. Jumladan, AQShda elektromobillar uchun taqdim etilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi va import bojlarining oshirilishi xavfi mavjud. Bu holat ayniqsa nemis avtomobillarining AQSh bozoridagi raqobatbardoshligini pasaytiradi.


Shunga qaramay, 2025-yilning birinchi choragida BMW AQShda 13 538 ta elektromobil sotdi, bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 26% ko‘p. Ayniqsa i4 modeli 57% o‘sish bilan ajralib turdi.


Shunga qaramasdan, J.D. Power mutaxassislari yilning ikkinchi yarmida elektromobillar savdosida pasayish bo‘lishini prognoz qilmoqda. Bu esa ayniqsa 2025-yilda yangi avtomobil xarid qilishni rejalashtirayotgan premium toifadagi mijozlarga ta’sir qilishi mumkin.


Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, BMW i4 yoki iX modellarini hozir xarid qilish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin — keyinchalik narxlar oshishi ehtimoli yuqori.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner